Mahmudxoʻja Behbudiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(Behbudiy, Mahmudho`jadan yoʻnaltirildi)
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Mahmudhoʻja Behbudiy (1875—1919) Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi.

Behbudiy Turkistonda jadid maktablarining tolmas targʻibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Turkiy va fors-tojik tilidagi «Risolai jugʻrofiyai umroniy», «Risolai asbobi savod», «Kitobat ul-atfol», «Tarixi islom» kabi maktab kitoblari muallifi.

Behbudiy birinchi oʻzbek dramaturgi va teatr arbobi. «Padarkush» p’esasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da («Turon» truppasi) sahnalashtirildi.

Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi koʻplab matbuot namunalarida 300 dan ortiq maqolalar eʼlon qilgan.

1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qoʻlga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926—1937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.


Nashr qilingan adabiyotlar


Ilmiy adabiyotlar


Bu maqola O‘zbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan.

O‘z

Iltimos, O‘zbek tili tipografik qoidalariga e’tibor bering.

Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan.

Done

Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring.

Koʻrinishlar<!--Views-->
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
Boshqa tillarda